Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov 4-son umumta’lim maktabida bo‘lib, sport inshootlarining holati hamda yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktab hududidagi sport maydonchalari va mavjud infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtida turli to‘garaklar va foydali mashg‘ulotlarga jalb etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga, ilm-fanga va ijodiy faoliyatga keng jalb etish sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1