Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
“Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida yirik ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

#butun_jahon_atrof_muhit_kuni #tabiatni_asraylik #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌿 “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida yirik ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

🌳 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni hamda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti tashabbusi bilan poytaxtda “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

🌱 Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Yashil O‘zbekiston” umummilliy harakati g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

🎤 Tadbirni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva hamda partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Kamoliddin Ro‘zimatov olib bordi. Bayramda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar, ekologiya sohasi mutaxassislari, san’atkorlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🗣 Tadbir davomida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Oybek Rahimov, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova, O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi raisi Boriy Alixonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek Yusupov, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Rasulov, “ORIENT KERAMIK” MChJ ta’sischisi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov, O‘zbekiston davlat musiqa teatri aktrisasi Gulasal Rahmonova va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev so‘zga chiqib, bugungi kunda ekologik muammolarning oldini olish, yashil hududlarni kengaytirish, tabiat boyliklarini asrash va ekologik tarbiya masalalarining dolzarbligi haqida fikr bildirdilar.

🎨 Bayram doirasida bolajonlar uchun “Biz tabiatni sevamiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Yosh ishtirokchilar tomonidan tabiat manzaralari, yashil makonlar, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Tanlov bolalarda tabiatga mehr-muhabbat, ekologik mas’uliyat va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.

🎶 Tadbirning madaniy qismida san’atkorlar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar yangradi, bolalar uchun animatsion qahramonlar, ertak obrazlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Bayram davomida ishtirokchilarga quvonchli kayfiyat ulashilib, ekologiya va tabiatni asrash mavzulari qiziqarli chiqishlar orqali targ‘ib qilindi.

🔎 Tadbir yakunida “Biz tabiatni sevamiz!” mavzusidagi rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan bolalar munosib taqdirlandi. Shuningdek, ekologiya sohasidagi muammolarni keng jamoatchilikka yetkazish, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid targ‘ibot ishlarini yoritishda faollik ko‘rsatib kelayotgan jurnalistlar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasining faol a’zolari va xodimlariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌍 Mazkur bayram tadbiri ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish, jamiyatning barcha qatlamlarini atrof-muhitni asrashga da’vat etish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ekologik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir ishtirokchilari “Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida tabiatni asrash barchamizning umumiy burchimiz ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10