Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida xotin-qizlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining 1-ilovasi 8.1-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, joriy yilning 1-may kuniga qadar himoya orderi olgan, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi hisobida turgan xotin-qizlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashish hamda oila-turmush doirasida tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki bunga moyil bo‘lgan shaxslar bilan tuzatish dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish maqsadida tegishli tadbirlar tashkil etildi.

✅Jumladan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamurodova, tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori leytenant Z.U.Zaripova, hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i V.Nazarov, ishtirokida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi:

✅ Xotin-qizlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish
✅ Ularning jamiyatdagi mavqeini kuchaytirish, ijtimoiy integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash
✅ Turli muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish

✅Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, huquqiy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

✅Shu bilan birga, hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda kelgusida ham xotin-qizlarning huquqiy himoyasi va ijtimoiy faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2