Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Deputatlik nazorati: “24-tavsiya” ijrosi amalda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, shahar Kengashi deputatlari B.Rahmatullayev, S.Xodjayev, I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Manguzar” mahallasida bo‘lib, hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

Nazorat tadbiri davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda tashqi yoritish tizimining ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud obodligi, aholi uchun yaratilgan yashash sharoitlari va boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, yoritish tizimlarini yaxshilash hamda aholi uchun munosib va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6