Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 5-“Yoshlar” saylov okrugidan saylangan deputat M.Xudoyberdiyeva tomonidan “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofining sanitariya holati, hududlar tozaligi, obodonlashtirish ishlari hamda tungi yoritish tizimlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot vakillariga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Bildirilgan taklif va muammolar ijrosi yuzasidan tegishli tartibda nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ajratilgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati ham joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida aholining ushbu yo‘nalishdagi fikr-mulohazalari eshitilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi muammolarini o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda hududlarda munosib yashash sharoitlarini yaratishga hissa qo‘shishdan iborat.

Slide 1 of 7