Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-«Buloqboshi» saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Samarobod” MFYga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Xususan, hokim yordamchisi U.Sayfiyev tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan
ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ma’lum qilinishicha, “Samarobod” MFYda 2026-yil davomida 22 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan, 39 nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatilgan, 9 nafar fuqaro kasb-hunarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 12 ta oilaga imtiyozli kredit ajratilgan hamda boshqa yo‘nalishlarda 15 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur natijalar hududda aholi bandligini oshirish, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasi sifatida e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida MFY raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 2