#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevga 53-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovida Toʻpolos mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan oilasining moddiy ahvoli og‘irligi, voyaga yetmagan farzandlarini ta’minlash hamda farzandining ta’lim xarajatlarini qoplashda qiyinchilik mavjudligi yuzasidan murojaat qilindi.
Shuningdek, fuqaro bolalar nafaqasi olish uchun bir necha bor ariza topshirgani, biroq rad javobi berilganini ma’lum qilib, bolalar nafaqasi, moddiy yordam hamda ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha amaliy yordam so‘ragan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|