Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Marg‘ilonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab bo‘lgani kabi Marg‘ilon shahridagi umumta’lim muassasalarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori kayfiyat va tantanali ruhda tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni samimiy muborakbod etdilar.

Tadbirlar davomida deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Yosh avlodga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish tilaklari bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari, ustozlarning fidokorona mehnati va ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Maktab sahnalarida kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va dilga yaqin tabriklar yangrab, bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” nafaqat bitiruvchilar uchun unutilmas lahza, balki ularning mustaqil hayot sari qo‘yadigan ilk qadami sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kelajakdagi o‘qish va mehnat faoliyatida omad va zafarlar tilandi.

Slide 1 of 9