Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
"Yakkatut" MFY fuqarolari murojaati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLidep a’zosi Shodmonov Shoxrux O‘ktamovich "Yakkatut" MFY fuqarorlari murojaati yuzasidan Chilonzor tumani hokimi S.Xolxo‘jayevga deputat so‘rovi yubordi.
Mazkur so‘rovda "Yakkatut" mahalla infratuzilma, ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari va hududning umumiy holati juda og‘ir va achinarli ahvolga kelib qolganligi aytilgan.
Jumladan, mahalladagi bolalar maydonchalarining deyarli barchasi yaroqsiz holatga kelib qolganligi;
- ichki yo‘llar qattiq yemirilgan va aholi harakati uchun noqulay ahvolga tushgan;
-qurib qolgan va xavf tug‘dirayotgan daraxtlar muammosi saqlanib qolmoqda;
-hududda kompleks obodonlashtirish ishlariga ehtiyoj juda yuqori darajada.
Deputat yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Yakkatut” mahallasini kelgusi “Obod mahalla” dasturiga kiritish masalasini ko‘rib chiqishni hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishiniChilonzor tuman hokimidan so‘rab murojaat qilgan.
Chunki bugungi holatda “Obod mahalla” dasturi mazkur hudud uchun amalda yagona samarali yechim bo‘lib qolmoqda. Mavjud muammolar ko‘lami kattaligini, ularni oddiy tartibda bosqichma-bosqich hal etish uchun yana ko‘p yillar talab qilishini bayon qilgan.

Slide 1 of 2