Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovnaga 2-Chorx Kamolon mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar tomonidan bandlik, ishga joylashish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarida murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar asosida deputat mahalla Yoshlar yetakchisi Mahkamova Feruza bilan birgalikda mahallaga chiqib, yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi. Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish yuzasidan tegishli tashabbuslar ilgari surildi.
Mahalla tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida:
2-Chorx Kamolon mahallasida:
🔹 Ermakov Danil
— marketga ishga joylashtirildi.
🔹 Safarov Begzod Qodir o‘g‘lining bandligi ta'minlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.