Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Deputat mahallada Piskentda 7 milliard so‘mlik yirik loyiha: 7 ta mahallada sug‘orish tizimi yangilanadi

 Piskentda 7 milliard so‘mlik yirik loyiha: 7 ta mahallada sug‘orish tizimi yangilanadi 

Aholi
tomorqalaridan unumli foydalanish va ob-hayot yetib borishini yaxshilash
maqsadida Piskent tumanida ulkan loyihaga start berilmoqda.
 

Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Abralova hamda tuman «Suv yetkazib berish
xizmati» tashkiloti rahbarlari bilan birgalikda mazkur loyihani boshlash
jarayonlarini joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘rib chiqmoqdalar.
 

 Loyiha qiymati: 7 milliard so‘m. Qamrovi: Tumandagi 7 ta — Navoiy, Lolaariq,
Mitan, Mo‘minobod, Oybek, Bekobod va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari.
 

 Loyiha ijrosi natijasida: 

Ushbu
mahallalardagi 3 357 ta xonadonning suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi;
 

Jami 134,3 gektar
tomorqa yerlarini kafolatli sug‘orish tizimi yaratiladi.
 

Komissiya raisi
B.Abralova ta’kidlaganidek: «Ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishi aholimiz
farovonligini oshirish, tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish va oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashda juda muhim ahamiyatga ega. Bizning asosiy vazifamiz
— ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlarning sifatli
bajarilishi ustidan qat’iy deputatlik nazoratini o‘rnatishdir».
 

Ayni paytda
mas’ullar tomonidan qurilish va montaj ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha
chora-tadbirlar rejasi belgilab olinmoqda.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

   

Slide 1 of 3