Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
#_munosabat

“Yurt qayg‘usida 365 kun” — bu shunchaki kitob emas, balki mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar solnomasidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil davomidagi serqirra faoliyati, xalq bilan muloqotga asoslangan davlat siyosati, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi islohotlari, xalqaro maydondagi faol diplomatiyasi mazkur kitobda keng va ta’sirchan yoritilgan.
Kitobni o‘qir ekanmiz, yurtimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar ortida katta mehnat, mas’uliyat va xalq taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi turganini yana bir bor his qilamiz. Ayniqsa, ta’lim, ekologiya, ijtimoiy himoya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar har bir fuqaro hayotida o‘z aksini topayotgani quvonarli.
Deputat sifatida aytish mumkinki, bunday kitoblar xalq va davlat o‘rtasidagi ishonch, ochiqlik va taraqqiyot yo‘lining amaliy ifodasidir. Bu — kecha va bugunni tahlil qilib, ertangi kunga ishonch bilan qarashga xizmat qiladigan muhim manba.