Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏗 SHOVOTDA TA’LIM INFRASTRUKTURASINI YANGILASH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA TA’LIM SIFATI VA QONUN IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM MUHITI O‘RGANILDI
янв.21
📍 Katqal’a mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI 📢
📢⚡️ Deputat so‘rovi yuborildi ⚡️📢

📍 Shovot tumani, 2026-yil —
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I. Qalandarovga rasmiy deputat so‘rovini yubordi.
📄 Deputat so‘rovida “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-sonli Qonun talablariga muvofiq, tumanda energiyani tejash, energiyadan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarning holati so‘ralgan.
📌 So‘rovda quyidagilar bo‘yicha ma’lumot taqdim etilishi so‘raladi:
⚙️ energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar rejasi mavjudligi;
👨‍💼 mazkur dasturlarni ishlab chiqish uchun mas’ul ijrochilar va tashkilotlar belgilanganligi;
🏛 hududiy dasturlarni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga kiritish bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar;
💡 elektr energiyasidan oqilona foydalanish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda energiya samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar;
📊 ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar.
⏳ Javob 10 kun muddat ichida yozma shaklda taqdim etilishi shart.
📎 Manba: Deputat Babajanov Jamolbek Jumabayevichning 57-ds-448-26-sonli rasmiy murojaati.