Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar bilan ochiq va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mehnat faxriylari, faol nuroniylar ishtirok etib, uchrashuvga alohida mazmun va ahamiyat bag‘ishladilar. Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, Qurolli Kuchlar tizimini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot jarayonida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, yosh avlodni harbiy xizmatga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, armiya va xalq o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda hamjihatlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga, bu kabi muloqotlar xalq birligini mustahkamlash, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Slide 1 of 3