Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Kun tartibidagi kiyingi masala

Kun tartibidagi kiyingi masala  “Termiz tuman mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak davomida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida hamda 2026-yilda Termiz tumanini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi to‘g‘risida. Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyas a’zosi K.Abdullayeva doimiy komissiyada muhokama etilganligi yuzasidan muzokara so'zi eshitilmoqda.

Termiz tumanida makroiqtisodiy barqarorlik bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi: 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Termiz tumanida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirish borasida ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi. Tumanda asosiy iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘sish kuzatildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 104,3 foizni, xizmatlar sohasi esa 110,8 foizni tashkil etdi. Shuningdek, chakana savdo va qurilish sohalarida ham belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarildi. Yilning birinchi choragida 43 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, bandlikni ta’minlash rejasi 150 foizga bajarildi. Mahalliy byudjet tushumlari ham prognozdan yuqori natija ko‘rsatib, qo‘shimcha mablag‘lar ijtimoiy yo‘nalishlarga yo‘naltirish imkonini berdi. Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli ishlar olib borilib, oilalarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi hamda fuqarolar tadbirkorlik va doimiy ish o‘rinlariga jalb etildi. Umuman olganda, tumanda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi doirasida iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishida ijobiy natijalarga erishilmoqda.