Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
“Mahalla yettiligi” faoliyati

“Do‘stlik” MFYda mahalla xotin-qizlar faolining ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 17-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Sidnenko Vera tumandagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamrohligida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputat mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandi.

Jumladan, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, yuritilayotgan “ayollar daftari” doirasidagi choralar, muammoli oilalar bilan individual ishlash holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1