O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat A.Xolmurzayev tomonidan hududdagi yo‘l chetlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida dala madaniyati va fermerlarning belgilangan majburiyatlari yuzasidan nazorat ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ekin maydonlarining holati, hududlarning ozodaligi, sug‘orish ariqlari, yo‘l bo‘ylarining tartibli saqlanishi hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
✅ Dala madaniyati — hosildorlik garovi
✅ Tartib va mas’uliyat — har bir fermerning burchi
✅ Obod hudud — farovon hayot poydevori!