Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda

 Bolalar maydonchalari —
e’tibor va nazoratda
 

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan hududdagi aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari
hamda ta’lim muassasalarining sport zallari holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida
quyidagilar aniqlandi:
 

Holat: Mahalla hududidagi
bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirilganda, uzoq vaqt foydalanish natijasida
maydonchaning ayrim qismlari va sport anjomlari ta’mirtalab holatga kelib
qolganligi ma’lum bo‘ldi.
 

Amaliy choralar: Mazkur
muammoni bartaraf etish va bolajonlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit
yaratish maqsadida mahalla raisi tomonidan homiylar jalb qilingan.
 

Reja: Yaqin kunlarda
maydonchada to‘liq ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilishi belgilandi.
Tezda amalga oshiriladigan bu ishlar natijasida maydoncha yana bolalarning
sevimli maskaniga aylanadi.
 

"Bolalarning bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun xavfsiz muhit
yaratish — bizning asosiy maqsadlarimizdan biridir. Mahalla raisining
tashabbusi bilan boshlanayotgan ta’mirlash ishlarining sifatli yakunlanishini
deputat sifatida nazorat qilib boramiz", — dedi R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1