Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 29–30-iyun hamda 1–2–3-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDAGI SANOAT ZONALARI: RIVOJLANISH VA IMKONIYATLAR
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
Dildora Rustamova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan 12–“Mirzo G‘olib” saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, batafsil axborot berdi.

📝 Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida tashkil etilgan uchrashuvda okrug hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, mahalla fuqarolari va nuroniylar, Olmazor tumani deputatlari, 17-oilaviy poliklinika vakillari, 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi pedagoglari hamda tuman hokimligi mas’ullari ishtirok etdi.

📉 Axborot davomida deputat tomonidan okrug hududidagi 13 ta mahalla bilan olib borilgan hamkorlik ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar haqida ma’lumot berildi. Xususan, hisobot davrida fuqarolar bilan qator uchrashuv va qabullar tashkil etilib, ko‘tarilgan masalalar manzilli o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

💡 Shuningdek, deputat tashabbusi bilan aholi salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda imkoniyati cheklangan va yotoq bemorlarning holidan xabar olish, ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Hududdagi kommunal va uy-joy xo‘jaligiga oid murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

🔎 Deputat o‘z faoliyati davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, tegishli doimiy komissiyalar majlislari hamda O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish va hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

💼 Uchrashuv yakunida mahalla raislari, ijtimoiy xodimlar, xotin-qizlar faollari hamda soha mutaxassislari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan takliflar bildirildi. Xususan, mahallalarda muntazam uchrashuvlar tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlashni kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlarini tuman va shahar deputatlari hamkorligida o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Poytaxt Deputatlari
📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424) 

Slide 1 of 10