Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Deputat fuqarolarni qabul qildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 15-“Shirin” saylov okrugidan saylangan Ekologiya partiyasi deputati M.Xoliqova hamda deputatlar U.Abdunazarov va G.Abdullayevalar tomonidan “Shirin” MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal
xizmatlar sifatini oshirish hamda obodonlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolar, jumladan kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik
va ijtimoiy masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2