Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratida
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "25-Qo‘rg‘on" okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevnaning “Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim 24 talik tavsiyalar bo‘yicha biriktirish ro‘yxati” asosida hududda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
📇 Jumladan, deputat tomonidan okrug hududidagi 24-oilaviy poliklinika faoliyati ko‘zdan kechirilib, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, mavjud sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qarori — “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining ijrosi yuzasidan ham tahliliy o‘rganishlar olib borildi.
💼 Mazkur qaror aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning davolanish xarajatlarini kamaytirish hamda birlamchi tibbiy xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, surunkali kasallikka chalingan fuqarolar uchun ambulator davolanish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berilishi aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
💬 O‘rganishlar yakunida ayrim oilaviy poliklinikalarda dori vositalari bilan ta’minlash, elektron tizimlardan foydalanish hamda fuqarolarga reimbursatsiya dasturi haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🗣 Deputatlik nazorati doirasida bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham davom ettirilib, aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.