🌿 9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI OLDIDAN EZGU TASHABBUS
🇺🇿 Xalq deputatlari Sherobod tumani 9-G‘o‘rin–Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov tashabbusi bilan Xakimobod mahallasi hududidagi Ko‘ktash ota qabristonida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🛠️ Tadbir davomida hudud tartibga keltirilib, begona o‘tlar va chiqindilar tozalandi, atrof obodonlashtirildi hamda ziyoratchilar uchun ozoda va qulay muhit yaratildi.
🤝 Ushbu xayrli ish ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning amaliy ifodasi bo‘ldi.
🌱 Yurtimizda muqaddas qadamjolarni obod etish, nuroniylar va ajdodlar xotirasini e’zozlash borasidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda.