Yig‘ilish davomida Ekspert guruhi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Unda Ekspert guruhi tomonidan kelgusida tuman Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatida faol ishtirok etish, sessiya va komissiya yig‘ilishlariga kiritiladigan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqishda ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ekspert guruhi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni birgalikda amalga oshirish qayd etildi.