Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B. Bekmurodov tomonidan Navro‘z mahallasidagi gaz quvuri holati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Navro‘z mahallasi aholisini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida mavjud gaz tarmoqlarining texnik holati o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida ayrim uchastkalarda gaz quvurlarining eskirganligi, bosimning yetarli darajada emasligi hamda xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermaslik holatlari aniqlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda gaz quvurlarini bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, aholi murojaatlarini inobatga olgan holda, gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Ushbu masala doimiy deputatlik nazoratiga olingan bo‘lib, belgilangan ishlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 3