Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA

 QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA

​Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi raisi D.Artiqova, kotibiyat mudiri A.Matyakubova hamda shu hududdan saylangan deputat O.Masharibov "Qiyot" mahallasida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldi.

Xalq vakillari O‘zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunining 

13-moddasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi ijrosini ta’minlash, ya’ni maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

​🔍 O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

​Bog‘cha binosi loyiha bo‘yicha 90 o‘ringa mo‘ljallangan;

​Amalda esa tarbiyalanuvchilar soni 147 nafarni tashkil etmoqda.

​⚖️ Muassasadagi sig‘im darajasi belgilangan me’yordan yuqoriligini inobatga olib, ushbu masalani ijobiy hal etish va bolajonlar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4