Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

📌Asosiy maqsad — mahalla institutining aholi muammolarini hal etishdagi rolini oshirish va rahbarlik faoliyatining samaradorligini tahlil qilishdir.

💬 Tahlil jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

✔️ Natijadorlik: Mahalla raisi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni "birinchi bo‘g‘in"ning o‘zida hal etish darajasi;

✔️PF-209 ijrosi: Farmonda belgilangan yangi boshqaruv tizimining mahallada joriy etilishi va "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish holati;

✔️ Ijtimoiy muhit: Hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi choralar;

✔️ Mas’uliyat: Har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi.

🫥O‘rganish yakunida Kengash raisi va deputatlar mahalla raisining faoliyati yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirib, ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" tamoyili asosida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Slide 1 of 2