Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi deputati ijtimoiy reestrdagi fuqarolar holidan xabar oldi

Tuman Kengashi deputati tomonidan hududda ijtimoiy reestrda ro‘yxatda turgan fuqarolar holidan xabar olish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi. Tashrif davomida ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari o‘rganildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ularni qiynayotgan masalalar, jumladan, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlarga oid muammolar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilandi.

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Slide 1 of 2