Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati Rasul Jumayev tomonidan o‘z okrugidagi “Fayzobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kompaniyasi ish samaradorligi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘la qismlarining holati, hududlarning sanitariya tozaligi hamda tungi yoritish tizimining ahvoli ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillariga aniq muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishda nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 5