Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Hudud infratuzilmasi rivoji – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov hamda tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi T.Yuldashevlar tomonidan 16-Qo‘qonboy saylov okrugiga qarashli Qo‘qonboy MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida hududdagi 18-sonli maktab ta’lim tashkiloti uchun yangi bino qurish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddi tashkilotlarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha hudud aholisi, ayniqsa yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2