Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputati O. Pardayev ishtirok etib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, yosh olimlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

 Muloqot davomida yosh tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion loyihalar, startap tashabbuslar va ilmiy izlanishlar muhokama qilindi. Ularning natijalarini real sektor va ishlab chiqarishga tatbiq etish, tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 Shuningdek:

 ilmiy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish

 grant va tanlovlar imkoniyatlarini oshirish

 oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash

 yosh olimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish

kabi dolzarb masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

 Tadbirda yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalarni ko‘paytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

 Yakunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarning tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy natijalarini keng joriy etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3