Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar joyida o‘rganildi.

 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangi joriy etilayotgan tibbiy sug‘urta tizimi, zamonaviy davolash usullari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

     Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muassasasi regional makaz hisoblanib Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Xorazm,Buxoro, Samarqand,Jizzax Sirdaryo,Suxraxandaryo,Qashqadaryo viloyatlariga xizmat qilib kelmoqda.

 O‘rganish jarayonida:

 bemorlarni qabul qilish tartibi va elektron ro‘yxatga olish tizimi

 diagnostika va davolash jarayonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar

 statsionar va ambulator xizmatlar sifati

 dori-darmon ta’minoti va ularning mavjudligi

 tibbiy sug‘urta asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar qamrovi

batafsil ko‘rib chiqildi.

 Deputatlar bemorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning davolanish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, shifokorlar yondashuvi hamda mavjud muammolar bo‘yicha fikrlarini tingladi. 

 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbatda:

 moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash zarurati

 yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash

kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 Bugungi kunda ko‘payib borayotgan turli kasalliklarga qarshi kurashish, ularning oldini olish,sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholining tibbiy madaniyatini oshirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

 Tibbiy sug‘urta tizimi orqali aholiga yanada sifatli, shaffof va adolatli xizmat ko‘rsatish, korrupsion to‘siqlarni yo‘qotish hamda zamonaviy davolash usullarini keng joriy etish zarurligi qayd etildi.

 Tashrif yakunida muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi bildirildi.

 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

Slide 1 of 3