Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq bilan muloqot

Ohangaron tumani hokimi, Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Bahrom Norqobilov “Gulobod” mahallasi aholisi
bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Unda mahalla fuqarolari tomonidan qator dolzarb masalalar
ko‘tarildi.
 

Muloqot jarayonida, avvalo, aholi tomonidan
yaylov ajratish masalasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, Charog‘on,
Tinchlik, Madaniyat va Istiqlol ko‘chalarida joylashgan 380 ta xonadonni tabiiy
gaz bilan ta’minlash masalasi ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
 

Bundan tashqari, Tinchlik ko‘chasidagi
5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, maktab oldida harakat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida, sun’iy yo‘l to‘siqlarini o‘rnatish, avtobekat qurish, tungi
yoritish chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Energiya ta’minoti
bilan bog‘liq masalalar ham e’tibor markazida bo‘lib, Madaniyat ko‘chasida 400 kVt
quvvatga ega transformator o‘rnatish va 80 ta temir-beton ustunlar qo‘yish zarurligi
ta’kidlandi. Shu bilan birga, uy-joy kadstr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan
ham murojaatlar bildirildi.
 

Tuman hokimi Bahrom Norqobilov tomonidan
har bir masala atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar va mas’ul rahbarlarga
tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan
aniq chora-tadbirlar belgilab olindi
  

Slide 1 of 6