Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z. Rahimberganova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-avgustda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mahalladagi xotin-qizlar ishtirok etib, qonun ijrosi doirasida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda amaliy chora-tadbirlar yuzasidan mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib borildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimiga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

 Shuningdek, deputat tomonidan mazkur qonun ijrosini samarali ta’minlash, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1