Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 Istiqbol mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish masalalari deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA

Aylanmajar mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati F.Xujamberdiyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar tomonidan mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Aylanmajar MFY faollari va koʻcha boshlari bilan hamkorlikda koʻchalardagi daraxtlarni oqlash va tozaligini saqlash ishlari muntazam olib borilmoqda. 2026-yil fevral-mart oylarida “Yashil makon” dasturi doirasida jami 17 000 tup manzarali va mevali daraxt ekilgan.

Shuningdek, Aylanmajar koʻchasida 2022-yilda aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarilib, foydalishga topshirilgan, lekin o‘tgan 8 oy davomida tarmoqda nosozliklar yuzaga kelgan edi. Mas'ul tashkilotlarga yuborilgan murojaatlar natijasida masala ijobiy hal qilinib, suv qayta tarmoqqa ulandi.

Ko‘chalarni yoritish bo‘yicha 62 ta quyosh paneli bilan jihozlangan chiroqlar o‘rnatilgan bo‘lib, tunda aholining harakatlanishi uchun qulaylik yaratilgani qayd etildi.

Slide 1 of 5