A.Navoiy mahallasida deputat Karomat Karimova, mahalla yettiligi va ko‘cha boshlari bilan uchrashuv tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
— yozgi stadionga 4 dona yoritish (projektor) o‘rnatish;
— aholi uchun “Xalq banki” bankomatini joylashtirish;
— 2026-yilda uy-joylarni kadastr qilish ishlarini jadallashtirish.
Shuningdek, “Fazilat” ko‘chasidagi gaz quvurlarini qayta loyihalash va sifatli amalga oshirish, fuqarolar kirish-chiqish qismlarini inobatga olish zarurligi ta’kidlandi.
Mahallaga kirish qismidagi kanalni betonlash hamda suv sizib chiqishi oqibatida yetkazilayotgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha suv xo‘jaligi tashkilotiga topshiriqlar berildi.
Muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi.