Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
📌 𝗠𝗔𝗛𝗔𝗟𝗟𝗔𝗗𝗔 𝗧𝗜𝗕𝗕𝗜𝗬 𝗫𝗜𝗭𝗠𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗜 𝗩𝗔 𝗔𝗬𝗢𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗔𝗧𝗟𝗜𝗚𝗜𝗡𝗜 𝗠𝗨𝗦𝗧𝗔𝗛𝗞𝗔𝗠𝗟𝗔𝗦𝗛
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborda!
янв.21
📊 IJTIMOIY SOHA VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR TAHLILI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧 SHOVOTDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan 9-sonli oilaviy poliklinikada hududda joylashgan 2-son politexnikumda tahsil olayotgan qizlar ishtirokida erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lig‘i va kelajak hayotiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik normalari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, ularning ta’lim olish va kasb-hunar egallash huquqlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlarni mustaqil hayotga puxta tayyorlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, yoshlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4