Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
янв.21
📌 𝗠𝗔𝗛𝗔𝗟𝗟𝗔𝗗𝗔 𝗧𝗜𝗕𝗕𝗜𝗬 𝗫𝗜𝗭𝗠𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗜 𝗩𝗔 𝗔𝗬𝗢𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗔𝗧𝗟𝗜𝗚𝗜𝗡𝗜 𝗠𝗨𝗦𝗧𝗔𝗛𝗞𝗔𝗠𝗟𝗔𝗦𝗛
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborda!
янв.21
📊 IJTIMOIY SOHA VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR TAHLILI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviyat va san’at tantanasi — Nurobodda ehtirom va shukronalik ruhidagi uchrashuv

Nurobod tumanida madaniyat va san’atga bo‘lgan yuksak e’tibor yana bir bor o‘zining yorqin ifodasini topdi. Tumandagi 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir chinakam ruhiy bayramga aylandi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman hokimi o‘rinbosari Z.Sa’dinova hamda tuman Kengashi deputatlari D.Xushbaqov, G.Xusanovalar ishtirok etib, madaniyat va san’at sohasi vakillariga ehtirom bildirdilar.

Tadbirda yurtimiz ilm-fani va madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan taniqli siymolar — professor Dilorom Yormatova hamda O‘zbekiston xalq shoirasi Xosiyat Bobomurodova ishtirok etib, o‘zlarining mazmunli chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ilhom bag‘ishladilar.

So‘zga chiqqanlar madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi beqiyos ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ayniqsa, “Shukronalik: Vatan, inson va tinchlik qadri” mavzusidagi fikrlar ishtirokchilar qalbida faxr va minnatdorlik tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Shuningdek, yurtimizda “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Nurobod tumanida ham keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Bu esa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Slide 1 of 3