Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati (20–24-aprel)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 27-APREL – 1-MAY KUNLARI HUDUDLARDA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
🏟️ HUDUDDA SPORT MAYDONCHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
Aholi murojaati deputatlar nazoratida

🔹Avval xabar berilganidek, Marg‘ilon shahridagi Xo‘japorso MFY aholisi tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi yuzasidan murojaat yo‘llangan edi. 

🔹Mazkur murojaat deputatlar tomonidan e’tiborga olinib, muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputatlar A.Mahkamov va S.Azizov hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi. Hudud MFY raisi hamrohligida atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹Oʻrganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar batafsil o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 6