Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan Nurobod tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga Nurdum mahallasi Saroyqo‘rg‘on qishlog‘ini asosiy yo‘lga bog‘lovchi yo‘llarning ta’mirtalab holga kelib qolganligi, ayniqsa kuz, qish va bahor oylarida aholiga noqulayliklar tug‘dirayotganligi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov ijrosi yuzasidan Nurobod tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi:

🔹 2025 yil davomida Nurdum mahallasi hududidagi 3 km ichki yo‘llar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda mahalla fuqarolari bilan hamkorlikda, hashar yo‘li orqali ta’mirlab berilgan.

🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, 2026 yil davlat dasturiga ushbu hududdagi yana 2 km yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha taklif kiritilgan.

🔹 Mazkur taklif tasdiqlanib, tegishli mablag‘lar ajratilgan taqdirda, ushbu yo‘llar ham to‘liq ta’mirlanishi belgilangan.

✅ Olib borilayotgan ishlar aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish, mahalladagi yo‘l holatini yaxshilash va fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1