Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Chinoz tumani. Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov tumandagi "Yollama" hududida joylashgan 63-sonli oilaviy shifokor punktida bo‘lib, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O'rganish davomida tibbiyot muassasasidagi mavjud dori-darmon zaxiralari, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar uchun ajratilgan bepul dori vositalarining ro‘yxati va ularning amaldagi ta’minot darajasi tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida soha xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2