Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda mahallaga biriktirilgan soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning amaldagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, aholi muammolarini aniqlash, “mahalla yettiligi” tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada soliq intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, tushumlarni oshirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan ishlar ham tahlil etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4