Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari va DMED tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 MAHALLIY BUDJET VA IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMASI
янв.21
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati doirasida
янв.21
📊 BOLALAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
янв.21
📌 NAVRO‘Z MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📊 MAHALLADA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Kat qal’a – tarixiy meros e’tibor markazida
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan
янв.21
📊 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2026 yil 6 apreldagi VII-18-24-11-164-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kotibiyati mudiri I.Jurayev, Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati I.Maxkamov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Xalimovlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Furqat tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Tashabbusli byudjet (Open Budget)” loyihalarining birinchi bosqich yakunlari tahlil qilinmoqda.

Jumladan, Kaldushon MFY hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabi tashabbusli budjetning birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Loyiha doirasida maktabning bo‘sh yer maydonida mahalla yoshlari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida:

 3 ta sun’iy qoplamali futbol maydoni

 qo‘shimcha kiyinish va yuvinish xonalariga ega zamonaviy sport kompleksi qurish rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari “Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligi asosida amalga oshirilishi belgilangan.

O‘rganish jarayonida mas’ullar tomonidan loyihaning amalga oshirish bosqichlari, qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur loyiha hudud yoshlari uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularni ommaviy sportga jalb qilish hamda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1