Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
OQAVA SUV TIZIMINI YAXSHILASH MASALASI O‘RGANILDI.

🏛Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Babadjanova Dildora Xudayquliyevna hamda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovichlar tomonidan Hazorasp tumani 📝Oybek mahallasida oqava suv tizimini yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

‼️O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud oqava suv tarmoqlarining holati, ularning ishlash samaradorligi, aholiga yetkazayotgan noqulayliklari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

📁Aniqlanishicha, ayrim hududlarda oqava suv tizimining eskirgani, texnik nosozliklar mavjudligi sababli muammolar yuzaga kelayotganligi qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, tizimni bosqichma-bosqich yangilash hamda zarur infratuzilma ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

✅Mazkur o‘rganish ishlari aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, sanitariya holatini barqaror saqlash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✅ Kelgusida ham bu kabi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joylarda tizimli o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2