Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA TO‘PQO‘RG‘ON KO‘CHASINING ASFALTLASH ISHLARI MONITORING QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati bilan tanishildi. Xususan, mahalladagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda transport harakatini yanada tartibga solish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida To‘pqo‘rg‘on ko‘chasining 500 metr qismi to‘liq asfaltlangan bo‘lib, qolgan 450 metr qismi asfaltlash ishlari uchun tayyor holatga keltirilganligi aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu hududda zarur texnik va tashkiliy ishlar yakunlanib, yaqin kunlarda asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3