Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
MAHALLA OBODLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI

Toshloq tumani O‘zbekiston mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudovlar tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari hamda hududda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla", "Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi infratuzilma masalalari, yo‘l va obodonlashtirish ishlariga oid masalalar atroflicha tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga so‘rovlar yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 5