Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
QAMCHIFURUSH MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G. Raximovalar Qamchifurush mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-62-sonli qarori asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror asosida Qamchifurush MFY, Tol ko‘chasida yashovchi Z. Ibrohimovga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Hozirgi kunda ushbu yosh tadbirkor kosibchilik yo‘nalishida faoliyat yuritib, yuqori sifatli etiklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Tayyorlangan mahsulotlar sifat jihatidan yuqori bo‘lib, ular Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalariga savdo hamkorlari orqali yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini binosida kutubxona tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu kutubxonada mingdan ziyod milliy va zamonaviy adabiyotlar jamlangan. 

2026-yilning o‘tgan davri mobaynida Qamchifurush MFY yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalladagi 970 nafar yoshdan 875 nafari O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi” hamda “Ibrat farzandlari” loyihalariga a’zo bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarini rijovlantirib kelmoqdalar.

O‘rganishlar davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5