Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

VII chaqiriq xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 31-sessiyasida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti tinglandi.
Shuningdek, Bog‘ot tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni ijrosi, xususan davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash hamda “edo.ijro.uz” elektron hujjat almashinuvi tizimi orqali kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqli xatlarning bajarilish holati muhokama qilindi.

Sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarorining tumandagi ijrosi, ya’ni ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra “G‘olib” deb topilgan takliflarga mablag‘ yo‘naltirish masalasi ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4