Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari va DMED tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 MAHALLIY BUDJET VA IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMASI
янв.21
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati doirasida
янв.21
📊 BOLALAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
янв.21
📌 NAVRO‘Z MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📊 MAHALLADA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Kat qal’a – tarixiy meros e’tibor markazida
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan
янв.21
📊 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan o‘z saylov okrugida aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida manzilli tarzda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hududdagi oilaviy poliklinikalar va boshqa tibbiyot muassasalarida mavjud bepul dori vositalari zaxirasi, ularning saqlanish sharoiti, aholiga taqsimlanish tartibi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda yetkazib berilishi holati atroflicha tahlil qilindi. 

Shu bilan birga, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar — keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali kasallikka chalingan bemorlarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoji va ularning ta’minlanganlik darajasi alohida o‘rganildi.

Deputat tomonidan tibbiyot muassasalari mas’ul xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, dori vositalarini yetkazib berishdagi mavjud muammolar, ta’minotdagi uzilishlar, hisob-kitob yuritish va taqsimot jarayoni muhokama qilindi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, tizimli nazoratni kuchaytirish hamda aholiga o‘z vaqtida va to‘liq xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur masala deputat tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 12