Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 MUAMMO NAZORATGA OLINDI!
янв.21
MEVAZOR MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O'RGANISH
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📊 ARBOB MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O‘RGANISH NATIJALARI
янв.21
📢 MUAMMO BOR — E’TIBOR QARATING!
янв.21
📚 DEPUTAT “XALQ KUTUBXONASI”DA
янв.21
📊XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI MASALALARI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
🟣 AYOLLAR MUAMMOLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR DASLABKI TARZDA DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI NAZORATDA
Dasturlar ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashi deputati R.Davlatov kotibiyat xodimi X.Utayev bilan o'z saylov okrugidagi "Qo'shtepa" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori asosida 2026 yilda Jarqo‘rg‘on tumanini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, chora-tadbirlar, loyihalarning bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorat tahlil tadbirlarini olib bordi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tuman Kengashi deputati joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

O'rganishlar yuzasidan tumandagi "Qo'shtepa" mahalllasidagi "FABULLO STROY " MCHJ tomonidan "Gazablok" ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, YATT "BOBOQULOVA NILUFAR XASAN QIZI" tomonidan mebel ishlab chiqarish, "OʻTKIR KOʻP TARMOQLI" xususiy korxonasi tomonidan beton zavodini tashkil etish ishlari bilan tanishildi. 

Loyihalarda uchrayotgan muommolar yuzasidan deputatlik nazoratini o'rnatildi hamda loyihalarni o'z vaqtida boshlamayotgan korxona raxbarlariga tavsiyalar berilib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 10