Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 MUAMMO NAZORATGA OLINDI!
янв.21
MEVAZOR MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O'RGANISH
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📊 ARBOB MAHALLASIDAGI IJTIMOIY O‘RGANISH NATIJALARI
янв.21
📢 MUAMMO BOR — E’TIBOR QARATING!
янв.21
📚 DEPUTAT “XALQ KUTUBXONASI”DA
янв.21
📊XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI MASALALARI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
🟣 AYOLLAR MUAMMOLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR DASLABKI TARZDA DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI NAZORATDA
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida tumandagi 40-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktab binosi ta’mirtalab ahvolda ekanligi, o‘quvchilar 1,8 koeffitsiyentda ta’lim olayotgani aniqlandi. Shuningdek, sinfxona yetishmasligi,sport zali, laboratoriya va kutubxona sharoiti talab darajasida emasligi, isitish tizimi, suv va sanitariya holati qoniqarli emasligi kuzatildi.  

 Mazkur holat “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi, 9-moddasi, 34-moddasi talablari ta’minlanmayotgani ko‘rsatmoqda.  

 Xususan, 9-moddaga muvofiq, ta’lim muassasada o‘quv jarayoni xavfsiz, sanitariya talabiga javob beradigan hamda yetarli shart-sharoitlarda tashkil etilishi lozim. Amalda esa bu talab bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi. 

 Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 4